Angliya kubogi uchinchi bosqichi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Brayton" jamoasini qabul qildi.

Ushbu bellashuvda "qizil iblislar" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi.

"Manchester Yunayted" - "Brayton"

11 yanvar, soat 21:30

"Old Trafford" stadioni.

Gollar: 12 Gruda Brayan (0:1), 64 Uelbek Danni (0:2), 85 Sheshko Benyamin(1:2).

"Manchester Yunayted": Lammens, Dorgu, Martines, Yoro, Diogu Dalot, Maynu, Ugarte, Brunu Fernandesh, Maunt, Mateus Kunya, Sheshko

"Brayton": Stil, Kadiioglu, Boskali, Koppola, Veltman, Gross, Xinshelvud, Gomes, Ryutter, Gruda, Uelbek.