Angliya kubogi. «Mancheter Siti» Semenoning chiroyli goli evaziga finalda «Chelsi»ni mag'lub etdi

Angliya Kubogi 2025/2026 mavsumi finalida «Manchester Siti» «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag'lub etib, mavsumdagi ikkinchi sovrin sohibiga aylandi.
Uchrashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvdagi yagona yagona gol 72-daqiqada Antuan Semeno tomonidan kiritildi. Xoland tomonidan qanotdan etkazilgan to'pni Semeno tovoni bilan darvozaga burib yubordi va chiroyli gol muallifi bo'ldi.
Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Ammo klublar vaziyatlardan foydalana olishmadi.
Abduqodir Husanov bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlab, o'yin oxirigacha maydonda harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" mart oyida Angliya liga kubogini qo'lga kiritgan edi. "Shaharliklar" ushbu musobaqa finalida "Arsenal"ni mag'lub etgan edi (2:0).
Angliya kubogi. Final
16 may 2026, shanba. 19:00.
London, Angliya. «Uembli» stadioni
Chelsi — Manchester Siti — 0:1
Gol: 0:1 Semeno – 72'
Chelsi: Sanches, Fofana, Koluill, Xato, Gyusto, Djeyms, Kukurelya, Kaysedo, Entso Fernandes, Palmer, X. Pedro
Manchester Siti: Trafford, Nunes, Husanov, Gexi, O’Rayli, Rodri, Bernardu Silva, Semeno, Marmush, Doku, Xoland
Bosh hakam: Darren Ingland (Angliya)