Angliya Kubogi finali: Tahlilchilar «Chelsi» – «Manchester Siti» bahsi favoritini ma'lum qilishdi

Bugun, 2026 yil 16 may kuni Angliya Kubogi finali bo'lib o'tadi va unda «Chelsi» hamda «Manchester Siti» jamoalari o'zaro to'qna kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Tahlilchilarning fikriga ko'ra, bo'lajak bahsda «Manchester Siti» yaqqol favorit hisoblanadi. Xosep Gvardiola shogirdlarining g'alaba qozonish imkoniyati 55,7% ga baholanmoqda, «Chelsi»ning muvaffaqiyati esa bor-yog'i 20,8% ni tashkil etmoqda.
Asosiy vaqtda durang qayd etilishi ehtimoli – 23,5%. Umumiy natijaga ko'ra «Manchester Siti»ning kubokni qo'lga kiritish imkoniyati 72,3%, «Chelsi»ning zafar quchishi esa 27,7% deya baholandi.