Angliya premer-ligasi vakillari "Yuventus" hujumchisi Kenan Yildizga qiziqishda davom etmoqda.

20 yoshli futbolchi "keksa sinora" bilan yangi shartnoma imzolaganicha yo'q, ammo bu haqda anchadan beri gap-so'zlar yuribdi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "Tottenxem" turkiyalik yulduzni o'z tomoniga og'dirib olmoqchi. Potentsial transfer qiymati 75 mln evroga baholanmoqda.

Kenan Yildizni Angliyaning boshqa top-klublari - "Arsenal," "Chelsi" va "Liverpul" ham kuzatib bormoqda. Joriy mavsumda chap qanotda ham o'ynashga qodir bo'lgan forvard "Yuventus" safida 13 ta o'yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.