Opta superkompyuteri turnir boshlanishi arafasida terma jamoalarning Jahon chempionati — 2026da g'olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.

Mundialning bosh favoriti sifatida amaldagi Evropa chempioni — Ispaniya terma jamoasi e'tirof etildi. Ikkinchi o'rindan Frantsiya milliy terma jamoasi joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikni Angliya yakunlab berdi.

G'oliblikka da'vogar kuchli o'nlikdan, shuningdek, Argentina, Portugaliya, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya va Belgiya joy oldi.

Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. JCh-2022 final uchrashuvida «albiseleste» frantsuzlardan ustun kelgan edi.