"Manchester Yunayted" APL 6-turida "Brentford" mehmoni bo'lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Igor Tiagoning dubli mezbonlarga g'alaba keltirdi. Braziliyalik futbolchi 8 va 20-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mankunianliklarning yagona goliga 26-daqiqada Benyamin Sheshko mualliflik qildi.

76-daqiqada Brunu Fernandesh hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq penaltini aniq amalga oshira olmadi. Uchrashuvning 90+6-daqiqasida Matias Yensen yakuniy hisobni o'rnatdi.

"Brentford" (7) APLda 11-o'ringa ko'tarildi. "Manchester Yunayted" (7) qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qolmoqda va 13-o'rinda bormoqda.

Angliya chempionati, 6-tur

Brentford - Manchester Yunayted - 3:1

27 sentyabr 2025 yil, shanba, 16:30

Gollar: Tiago, 8 (1:0). Tiago, 20 (2:0). Sheshko, 26 (2:1). Yensen, 90 (3:1)

Foydalanilmagan penalti: Brunu Fernandesh, 76’

Brentford: Kellexer, Xiki (Xenri, 75), van der Berg, Kollinz, Kayode, Yarmolyuk, Xenderson (Oneka, 81), Shade, Damsgor (Yanelt, 81), Uattara (Lyuis-Potter, 75), Tiago (Yensen, 90)

Man. Yunayted: Altay Bayindir, Shou (Maunt, 81), Maguayr (Yoro, 66), de Ligt, Dorgu (Zirkze, 85), Brunu Fernandesh, Ugarte (Maynu, 66), Dalot, Kunya, Mbemo, Sheshko

Ogohlantirishlar: Kollinz, 72. Shade, 81 - Brunu Fernandesh, 55. Dorgu, 85

Manba: www.stadion.uz.