Angliya chempionati 3-turida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Byornli"ni qabul qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Josh Kallen (27, avtogol), Brayan Mbeumo (57) va Brunu Fernandesh (penaltidan 90+6-daqiqada) mezbonlarning gollariga mualliflik qilgan bo'lsa, Layl Foster (55) va Jeydon Entoni (66) mehmonlarning javob to'plarini kiritdi.

"Byornli" 3 ochko bilan 11-o'rinda. "Manchester Yunayted" 4 ochko bilan 9-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.