Angliya Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki o'yin yakunlandi.

"Kristal Pelas" o'z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Mezbonlar safida Ismaila Sarr 27-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Kallum Xadson-Odoi 57-daqiqada mehmonlarning javob golini kiritdi.

Yana bir o'yinda "Everton" o'z maydonida "Brayton"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Iliman Ndiaye (23) va Jeyms Garnen (52) gollarga mualliflik qilishdi. Ikkala golga ham Jek Grilish assistentlik qildi.

Manba: www.stadion.uz.