Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) agar milliy jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatida chorak finalgacha etib bora olmaganda, bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishi mumkin edi, deb xabar beradi The Athletic.

Manbaga ko'ra, bunday holatda nemis mutaxassisi kompensatsiya olgan bo'lardi. Tuxelning FA bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Shuningdek, murabbiy klub futbolida ishlashga qaror qilsa, shartnomani o'zi muddatidan avval bekor qilishi mumkin. Bunday holatda esa kompensatsiyani Tuxel to'lashiga to'g'ri keladi.

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Argentinadan mag'lubiyatga uchragach (1:2), Tuxelning ishdan ketishi ehtimoli kam deb baholanmoqda. Uning ishda qolishi va jamoani 2028 yilgi Evropa chempionatiga tayyorlashi kutilmoqda.

Angliya uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19 iyul kuni Mayamidagi «Hard Rock» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz