Angliya 44 yil ichida ilk bor rasmiy turnirda Frantsiyani mag'lub etdi

Angliya terma jamoasi 1982 yildan buyon ilk bor jahon chempionati yoki Evropa chempionatida Frantsiyadan ustun keldi.
Tomas Tuxel shogirdlari JCh-2026 turnirining 3-o'rin uchun kechgan bahsida 6:4 hisobida g'alaba qozonishdi.
1982 yildan beri Angliya va Frantsiya terma jamoalari rasmiy turnirlarda to'rt bor to'qnash kelishgan. Jamoalar uch marta Evropa chempionati guruh bosqichida o'zaro bahs olib borishgan (ikkita durang va frantsiyaliklarning bitta g'alabasi).
Shuningdek, raqiblar JCh-2022 chorak finalida ham uchrashishgan. O'shanda frantsiyaliklarning qo'li baland kelgan edi (1:0).
Mazkur davr mobaynida inglizlar Frantsiyani uch marta o'rtoqlik o'yinlarida mag'lub etishgan (1992, 1997, 2015 yillar).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar