Angissa «Napoli»ni tark etishga tayyor

Kamerunlik futbolchi Andre-Frank Zambo-Angissa «Napoli»ni tark etishga tayyor, bu haqda calcionapoli1926.it xabar bermoqda. Jamoaga yangi murabbiy kelayotgani ham Evropaning yanada nufuzli ligalaridan takliflar olayotgan futbolchida katta taassurot qoldirmayapti.
Angissaning o'rniga nomzodlar orasida, birinchi navbatda, Adrien Rabo tilga olinmoqda — bu juda mantiqiy, chunki u Turinning «Yuventus» klubida birga muvaffaqiyatli ishlagan Allegrining ortidan borishga tayyor.
Shuningdek, nomzodlar qatorida «Flamengo»dan braziliyalik Everton Arauxo ham qayd etilmoqda, u o'zining o'yin uslubi va xususiyatlari bilan aynan Angissaga juda o'xshab ketadi.