Andrix Virtsga "Bavariya"ga o'tmaslikni aytgan

"Bayer" yarim himoyachisi Robert Andrix Florian Virtsga "Bavariya"ga o'tmaslikni aytgan.
Myunxen klubi uzoq vaqtdan beri "farmatsevtlar" yulduzi uchun asosiy da'vogar deb hisoblanardi, ammo hujumkor yarim himoyachi oxir-oqibat "Liverpul"ni tanladi.
"Men Florianning "Bavariya"ga o'tishini xohlamadim. Ha, Germaniyaning eng yaxshi futbolchilarining Germaniyada qolishi Bundesliga uchun foydali, ammo bizga katta raqobatchilik tug'dirishini ham unutmaslik kerak", – dedi Andrix.