Andrey Shipilov: “Natija haqqoniy bo'ldi”

“Qo'qon-1912” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Shipilov qatnashdi.
— Juda qiyin bo'ldi. 8 ta tur uchrashuvlarini hisobga olsak, eng qiyinlaridan biri bo'ldi. Albatta, uchrashuvga maksimal darajada tayyorgarlik ko'rgandik. Echinish xonasida hech qaysi futbolchiga alohida e'tirozim yo'qligini ta'kidlab o'tdim. Uchrashuv davomida yaxshi harakat qildik va futbolchilarim g'alaba uchun kurashishdi. Bizga biroz omad ham etishmadi. Ma'lumki, “Andijon” ham bu erga g'alaba qozonish uchun kelgandi. Ular ham g'alaba uchun kurashishdi. Jamoa qora yo'lakchada edi. Yangi murabbiy keldi va jamoada asta-sekin hammasi yaxshi bo'lib ketadi. Jizzax va Andijon bilan uchrashuvlarda shunday vaziyatga tushdik. Bu o'yingacha uzoq safarni bosib kelgandik. Raqibimiz bizdan ko'ra ikki kun ko'proq dam oldi. Biz endi Navoiyga ketamiz. Bir kun bo'lsa ham dam olishga ko'proq vaqtimiz bo'lganida edi, ko'p narsani rejalashtirgan bo'lardik. Bu vaqt davomida bizda kasalliklar bo'lmadi. Farhod Sohibjonovni maydonga tushirmadik. Ammo o'zim uni o'ynatishni juda xohlagandim. “Andijon”ning o'yinchilar almashtirishlaridan kelib chiqib, biz ham bu vaziyatdan keyin o'zgarishlar qildik. Natija haqqoniy bo'ldi. “Andijon” ham yomon harakat qilmadi. Hujumlar uyushtirdi, bizni xato qilishimizni kutdi. Jarima zarbalari, burchak to'plaridan keskin hujumlar qilishga harakat qilishdi. Ularni ham to'g'ri tushunaman va hech kimni alohida muhokama qilmayman. Yaxshiyamki, bu uchrashuvda ortiqcha holatlar bo'lmadi, VARga murojaat qilinmadi. Bizga nimadir etishmadi. Lekin futbolchilar motivatsiya bilan to'p surishdi. Ular vaziyatni to'g'ri tushunib turishgandi.
— O'yinni ikkita nominal hujumchi bilan boshlash imkoni yo'qmidi?
— Nimeli “Xorazm” bilan uchrashuvda yaxshi harakat qildi. Jamoamizning ichki holatini OAV orqali gapira olmayman. Bugun Toma Tabatadzega ham imkoniyat berdik. Rotatsiyalar qilib, Javohirni maydonga tushirishga qaror qildik. Bir qator o'zgarishlarga qo'l urdik va bundan maqsad hujumkorlikni oshirish edi.