Andrea Pirlo Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi favoritlarini sanadi

"Milan" va Turinning "Yuventus" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan italiyalik afsonaviy xavbek Andrea Pirlo Evropa Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi asosiy favoritlarni sanab o'tdi.
"Chempionlar Ligasida kim g'olib bo'ladi? "Barselona", "PSJ" yoki "Liverpul", - deya taxmin qildi sobiq futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichida "Bavariya", "Arsenal" va "Inter" peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar va londonliklar 5-tur doirasida o'zaro bahs olib borishadi.