Samvel Babayan qo'l ostida katta transferlarni tayyorlayotgan "Andijon" yana bir mahoratli futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda erkin agent bo'lib turgan qanot hujumchisi Jasur Yaxshiboev kelasi mavsumni "burgutlar" safida o'tkazadi. Bu haqida yaqin kunlarda rasmiy e'lon beriladi.

Yaxshiboev yil boshida Eronning "Nassajiy" klubini tark etganidan buyon erkin agent bo'lib turibdi. U faoliyati davomida "Paxtakor", OKMK, "Energetik BGU", "Shaxtyor" Soligorsk, "Legiya", "Sheriff", "Navbahor" va "Ordabasi" kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.