«Andijon» yana bir iqtidorli futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

«Xorazm» sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Humoyunmirzo Iminov "burgutlar" bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

2000 yilning 15 yanvarida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tavallud topgan futbolchi «Paxtakor», «Energetik-BGU» (Belarus),”Buxoro”, «Dinamo» va «Xorazm» safida to'p surdi.

Faoliyatida hozirgacha jami 130 ta o'yin, 6 gol va 5 ta assist mavjud.

Iminov «Paxtakor» safida O'zbekiston chempioni, Kubok sohibi va Superkubokni qo'lga kiritgan.

Manba: https://t.me/andijonpfc
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.