Qirg'iz Respublikasi va "Andijon" klubi darvozaboni Erjan Tokotaev Superliga 28-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Andijon" o'yinida chap tizzasidan jarohat olgan edi.

Tengelbes Musavning o'z telegram-kanalida yozishicha, 25 yoshli qirg'izistonlik golkiper taxminan 2-3 oyni o'tkazib yuboradi va fevralda safga qaytadi.

Tokotaev joriy mavsumda jami 16 ta o'yinda 22 ta gol o'tkazib yubordi va 6 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: @tengelbes