Yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" selektsiya ishlarini ham davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Andijon”ning Antaliyadagi yig'iniga yangi futbolchi — Mahmud Mahamadjonov qo'shildi.

Ushbu futbolchi bilan uch yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Mahamadjonov 2003 yilning 30 iyun sanasida tavallud topgan. Bunga qadar u “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Dinamo”da to'p tepgan. O'tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasini ijara asosida aynan “Dinamo”da o'tkazgan.

Umumiy hisobda himoyachi 80 ta o'yinda maydonga tushgan va 3 ta gol urib, 6 ta assistni amalga oshirgan.

Mahamadjonov 2023 yili U20 terma jamoamiz bilan Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan.

Manba: «Andijon» klubi matbuot xizmati