“Andijon” Larin bilan shartnoma imzolashi mumkin

OChL-2 musobaqasi oldidan “Andijon” o'z safiga markaziy himoyachi qo'shib olishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, “burgutlar” ukrainalik futbolchi Aleksey Larin bilan muzokara o'tkazmoqda.
Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, u Superligada emas, faqatgina OChL-2 turnirida “Andijon”ga yordam berishi mumkin.
Aleksey ilgari “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalarida ham o'ynagan. Shundan so'ng faoliyatini Tojikistonning “Istiqlol” klubida davom ettirayotgandi.
Manba: www.stadion.uz.