Ortda qolgan mavsumni "Andijon" safida o'tkazgan o'ng qanot hujumchisi Doniyor Abdumannopov "burgutlar" safini tark etdi.

"Hammasi uchun rahmat", - deb yozdi 25 yoshli futbolchi o'zining Instagram sahifasida.

"Andijon" safida Abdumannopov jami 71 ta o'yinda 10 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.