"Andijon" futbolchisi jarohatidan keyingi holati haqida gapirdi

"Andijon" jamoasining etakchilaridan biri Abdulvohid G'ulomov jarohati tufayli ayni paytda klub bilan birga emas.
Himoyachi OChL 2 doirasidagi bahsda oyog'idan jarohat olishi natijasida safdan chiqqandi.
Futbolchi klub matbuot xizmatiga shunday dedi:
"Jarohatim "Arkadag" bilan uchrashuvda yuz berdi. Hozir holatim yaxshilanib boryapti. Shifokorimiz nazoratida fizioterapiya muolajalarini olyapman. Xudo xohlasa, 24-dekabr kuni bo'ladigan o'yinga qaytishga maksimal harakat qilaman", - deydi G'ulomov.
Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmati