Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga o'tishi Britaniya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, transfer summasi 135 million evroni tashkil etgan. Shu tariqa, Anderson avvalgi rekord sohibi Jud Bellingemni ortda qoldirdi. Bellingem Dortmundning «Borussiya» klubidan Madridning «Real»iga 130 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi.

Shuningdek, Anderson transferi futbol tarixidagi eng qimmat beshta transfer qatoriga ham kirdi. Bu ro'yxatda birinchi o'rinni Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million evro evaziga amalga oshgan transferi egallab turibdi.

Elliot Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz