Karlo Anchelotti o'z kitobida Florentino Peres unga "La Decima"da qanday motivatsiya berganini aytdi.

Eslatib o'tamiz, italiyalik murabbiy 2014 yilda “Real” bilan 10-marta chempionlar ligasida g'alaba qozongan.

"Prezident Florentino Peres meni sovrinlar xonasiga olib kirdi. Klubning yorqin tarixi davomida qo'lga kiritgan evrokuboklar ro'yxatini kuzatdik.

Har bir yil ro'yxatga olingandi: 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002. Jami to'qqizta. Ammo o'ninchi kubok uchun bo'sh joy bor edi.

Prezident menga qarab: Bu go'zal, haqiqatan ham go'zal, lekin bir narsa etishmayapti, dedi”, deb esladi “Real”ning sobiq murabbiyi o'zining “Chempionlar ligasidagi hayotim” kitobida.