Anchelotti yaponiyalik hujumchining o'yin oldidan aytgan so'zlari haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Kento Siogaining braziliyaliklar avvalgidek kuchli emasligi haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
«Biz bu haqda gapirib o'tirmaymiz, bor e'tiborimizni o'yinga va raqibimizning sifatlariga qaratamiz. Raqibga muammo tug'dirish va ulardan keladigan xavflarning oldini olish uchun yaxshilab tayyorgarlik ko'ramiz. Biz bunday psixologik o'yinlarga aralashmaymiz», — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Globo.
Braziliya JCh-2026 1/16 finalida Yaponiya bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar