Anchelotti terma jamoada hali uzoq vaqt qolmoqchi

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2030 yilgacha boshqarmoqchi.
"Jamoani jahon chempionatiga tayyorlash - o'ziga xos narsa. Men bir yillik shartnoma imzoladim. O'sha paytda bu to'g'ri qaror bo'lgan deb o'ylayman. Jahon chempionatidan keyin hamma majburiyatlardan ozod bo'ladi.
Agar federatsiya hamkorlikni davom ettirmoqchi bo'lsa, menda hech qanday savol bo'lmaydi. Hammasi joyida. Men bu erda baxtliman, mening oilam ham. Biz bu haqda o'ylashimiz mumkin. Men Braziliya terma jamoasi bilan ishlashni davom ettirishga qarshi emasman. 2030 yilgacha qolish ajoyib bo'lardi", - dedi Anchelotti.