Anchelotti Norvegiyaga qarshi o'yin oldidan Rafinyaning sog'lig'i haqida ma'lumot berdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti jarohat olgan yarim himoyachi Rafinyaning ayni damdagi holati haqida gapirib berdi.
«Uning tiklanishida yaxshi o'sish kuzatilmoqda, biroq u hali o'zining eng yaxshi (optimal) sport formasiga kirib ulgurgani yo'q. Rafinya o'yin qaydnomasiga kiritilishi va ehtimol, maydonda bir necha daqiqa harakat qilishi mumkin. Bu futbolchi jamoamiz uchun juda muhim hisoblanadi», — deya bosh murabbiyning so'zlarini Globo nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati — 2026 musobaqasining 1/8 finali doirasida Braziliya terma jamoasi Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar