Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar Vinisius Junior va Rafinya bilan bir xil pozitsiya uchun raqobatlashishini ma'lum qildi.

«Neymar unga belgilangan pozitsiyada o'ynashi kerak. U markazda harakat qilishi lozim, u qanotda o'ynay olmaydi.

U vinger pozitsiyasida o'ynamaydi, u maydon markazida, hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. Ya'ni Vinisius va Rafinya o'ynagan joyda», — dedi Anchelotti Panama bilan o'rtoqlik o'yinidan (6:2) so'ng.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 uchun Braziliya terma jamoasi safiga kiritilgan Neymar ayni damda boldir mushagidagi jarohatdan forig' bo'lmoqda. 34 yoshli hujumchi 2-3 haftani o'tkazib yuborishi xabar qilingandi.