Anchelotti Neymarning jarohati va hozirgi holati haqida ma'lumot berdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yulduz hujumchisi Neymarning holati haqida gapirib o'tdi. Ma'lumki, yaqindagina «Santos» klubi forvardi jarohat olgan edi.
«Neymarning jismoniy holatimi? Uning vaziyati juda aniq, u hozir yakka tartibda ko'p mehnat qilmoqda. Ertaga u MRT ko'rigidan o'tadi va agar hamma narsa joyida bo'lsa, u keyingi haftadan jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlay oladi», — deya Anchelottining so'zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da) Marokash terma jamoasiga qarshi boshlaydi. Shundan so'ng, «selesao» guruh bosqichida Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.