Yulduz hujumchi Neymar Braziliya terma jamoasi safiga qaytmoqda. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuvda milliy jamoa ustozi Karlo Anchelotti ma'lum qildi.

«Ertaga u yakka tartibda mashg'ulot o'tkazadi, keyin esa umumiy guruhdagi ishlarga qo'shiladi. U Shotlandiyaga qarshi o'yin qaydnomasidan joy oladi», – dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasining mundialdagi dastlabki ikkita o'yinini o'tkazib yuborgan edi.

Anchelotti shogirdlari dastlabki uchrashuvda Marokash bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgan bo'lsa, keyin Gaiti ustidan ishonchli g'alabaga (3:0) erishishdi. Braziliya o'z guruhida peshqadamlikni qo'lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz