Anchelotti: «Neymar 15 daqiqadan ko'proq o'ynashi mumkin»

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCh-2026 1/16 finali doirasidagi Yaponiyaga qarshi uchrashuv oldidan hujumchi Neymarning tayyorgarligi xususida fikr bildirdi.
34 yoshli futbolchi guruh bosqichining Gaitiga qarshi kechgan so'nggi o'yinida (3:0) ishtirok etib, 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi. «Santos» hujumchisi dastlabki ikkita uchrashuvni boldir mushagidagi jarohat sababli o'tkazib yuborgandi.
«U yaxshi tiklanmoqda. So'nggi hafta ichida o'z tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshilab oldi. Afsus, u butun vaqt davomida biz bilan birga mashg'ulot o'tkaza olmadi.
Albatta, u 15 daqiqadan ko'proq o'ynashi mumkin. Bu ko'p jihatdan o'yinning qanday kechishiga bog'liq», – dedi Anchelotti.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar