Anchelotti Modrichning "Milan"ga o'tishi haqida fikr bildirdi

Luka Modrich shu yozda o'n uch mavsum to'p tepgan "Real"ni tark etdi. Tez orada tajribali xorvat "Milan" a'zosiga aylandi. Bu borada taniqli murabbiy Karlo Anchelotti izoh berdi.
"Modrich bilan gaplashdim. U muxlislarni xursand qiladi va A Seriyada o'z izini qoldiradi. U tanlovdan mamnun va shu orqali terma jamoasi bilan jahon chempionatiga yo'l olishi mumkinligini biladi. Modrich - haqiqiy professional. O'tgan mavsumda u birorta mashg'ulotni o'tkazib yubormadi," - dedi Anchelotti Il Giornale nashriga bergan intervyusida.