Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappe uchun qaysi pozitsiya eng mos kelishini aytdi.

"Men uchun Mbappe - markaziy hujumchi. Aynan shu pozitsiyada uning fazilatlari eng yaxshi namoyon bo'ladi. U tezkor, texnik, cheklangan joyda aql bovar qilmaydigan tryuklarni bajara oladi. U darvoza yonida bo'lishi kerak. Qanotda ham uning barcha kuchli tomonlari saqlanib qoladi, ammo o'ylaymanki, u pozitsiyada u kamroq gol uradi," - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.