Anchelotti Marokashga qarshi bahs oldidan Braziliya terma jamoasining yangi «quroli»ni ochiqladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionati doirasidagi Marokashga qarshi o'yin oldidan zamonaviy futboldagi tendentsiyalar haqidagi savollarga javob berdi.
«Men zamonaviy futbolda standart vaziyatlar juda katta ahamiyatga ega deb hisoblayman. Statistikaga ko'ra, gollarning qariyb 30 foizi aynan standartlardan so'ng kiritiladi. Ushbu ustunlikdan foydalanish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud: jamoamizda burchak to'plarini ajoyib tarzda etkazib beruvchi ijrochilar va havoda yaxshi harakat qiladigan kuchli futbolchilar bor.
Biz so'nggi kunlardagi mashg'ulotlarda ushbu komponentga alohida e'tibor qaratdik va jamoa bor diqqatini shu ishga qaratdi. Umid qilamanki, bu yaqinlashib kelayotgan o'yinlardayoq o'z samarasini beradi», — dedi Anchelotti.