Anchelotti Kazemironing etakchilik qobiliyati haqida fikr bildirdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Kazemironing etakchilik qobiliyati haqida gapirdi.
Murabbiyning fikricha, xavbek terma jamoa sardori bo'lish uchun barcha xususiyatlarga ega. Anchelottining ta'kidlashicha, "Manchester Yunayted" futbolchisi katta tajribaga ega, qiyinchiliklarga dosh bera oladi va sheriklarini ruhlantira oladi.
"Kazemiro - barchaga o'rnak, uni jamoada hurmat qilishadi. U sardor bo'lish uchun tajribaga, xarakterga va etakchilik qobiliyatiga ega. Uning o'zi rozi bo'lishiga ishonchim komil emas, lekin u yuqori darajadagi bosimni qanday engishni va sheriklarni qanday ilhomlantirishni biladi," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Goal.
Kazemiro Braziliya terma jamoasida 2011 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. O'shandan beri u terma jamoa safida 78 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.