Anchelotti jamoaning ichki holati haqida gapirdi

Braziliya milliy terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti bo'lajak 2026 yilgi Jahon chempionatidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
«Turnir oldidan hech qanday hayajon sezmayapman. Men baxtliman va yuqori darajada motivatsiyaga egaman. Jamoamiz o'ziga ishonadi. Hozirda Braziliya terma jamoasida ajoyib muhit hukm surmoqda. Biz mundial oldidan mutlaqo xotirjam holatdamiz», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash, Shotlandiya va Gaiti milliy jamoalari bilan to'qnash keladi. Nufuzli turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.