Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi Gaiti terma jamoasiga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr almashdi.

«Gaitilik futbolchilar jismoniy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko'rsatib bo'lishdi. Ular tizimli futbol o'ynaydigan tartibli jamoadir. Biz ushbu jamoaga hurmat bilan yondashishimiz kerak. Jahon chempionatida barcha terma jamoalar juda yuqori motivatsiyaga ega bo'lishadi», — deya murabbiyning so'zlarini «selesao» matbuot xizmati keltirmoqda.

Braziliya va Gaiti terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga, 20 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz