Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsumdagi UEFA Chempionlar ligasining asosiy favorit jamoalari haqida fikr bildirdi.

«Chempionlar ligasida har doim titul uchun doimiy da'vogar jamoalar bo'ladi. Ular — “Real”, “Bavariya”, “Manchester Siti” va “PSJ”. Turnirni yanada qiziqarli qilish uchun umumiy bosqich joriy etildi. Bu formatga moslashish kerak», — deya italiyalik murabbiyning so'zlarini Tuttosport nashri keltirdi.

Eslatib o'tamiz, amaldagi Chempionlar ligasi g'olibi — Frantsiyaning «PSJ» jamoasi. Parijliklar o'tgan mavsum finalida Milanning «Inter» klubini 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.