Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi JCh-2026 saralashida Chili va Boliviya terma jamoalariga qarshi Braziliya terma jamoasi qaydnomasini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Bento Krepski («An-Nasr»), Ugo Souza («Korintians»);

Himoyachilar: Alessandro («Lill»), Aleks Sandro («Flamengo»), Kayo Enrike («Monako»), Duglas Santos («Zenit»), Fabrisio Bruno («Kruzeyro»), Gabriel Magalyaes («Arsenal»), Markinos («PSJ»), Vanderson de Oliveyra («Monako»), Uesli Fransa («Roma»);

Yarim himoyachilar: Andrey Santos («Chelsi»), Bruno Gimaraes («Nyukasl»), Kazemiro («Manchester Yunayted»), Joelinton («Nyukasl»), Lukas Paketa («Vest Xem»);

Hujumchilar: Estevao («Chelsi»), Gabriel Martinelli («Arsenal»), Joao Pedro («Chelsi»), Kayo Jorje («Kruzeyro»), Luis Enrike («Zenit»), Mateus Kunya («Manchester Yunayted»), Rafinya Dias («Barselona»), Risharlison («Tottenxem»).