Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan Gaitiga qarshi o'yin oldidan milliy jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'lishini ma'lum qildi.

Uchrashuv 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 05:30da boshlanadi.

«O'zgarishlar bo'ladi. Futbolchilar bu haqda bilishadi, lekin sizlarga aytmayman», — dedi italiyalik mutaxassis jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, Braziliya ilk turda Marokash terma jamoasi bilan durang o'ynagan edi (1:1). O'sha bahsda «selesao»ning yagona goliga Vinisius Junior mualliflik qilgan. Gaiti esa Shotlandiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Manba: Stadion.uz