Anchelotti Braziliya terma jamoasi Mbappeni qanday to'xtatishi kerakligi haqida fikr bildirdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Frantsiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi.
Uchrashuv payshanba kuni bo'lib o'tadi, boshlanish vaqti — Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00. Mbappe jarohatidan forig' bo'lgan va «uchranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushishga tayyor.
«Hozir Kilian bizning tomonimizda emas — u jiddiy xavf tug'diradi. Biz himoyada ishonchli o'ynashimiz kerak, chunki Mbappening tezligi, mahorati va hujumlarni yakunlash qobiliyati shunchaki boshqa darajada», — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi MatchDay Central.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis frantsiyalik hujumchi bilan Madridning «Real» klubida birga ishlagan.