Anchelotti: "Barcha futbolchiga o'yin vaqti berishni istayman"

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'zgarishlar haqida gapirdi.
"Men imkon qadar barcha futbolchiga o'yin vaqti berishni istayman, chunki bu hafta yigitlar yaxshi ishlashdi va Chiliga qarshi (3:0) yaxshi o'ynashdi.
Men yaxshi ishlaganlardan foydalanmoqchi edim", - dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi.