"An-Nassr" bosh murabbiyi Xorxe Jezush nima uchun Krishtianu Ronalduni almashtirmaganini tushuntirdi.

Seshanba kuni Ar-Riyod jamoasi "Al-Ittihod"ga yutqazdi va Saudiya Arabistoni kubogidan chiqib ketdi.

40 yoshli portugaliyalik futbolchi final hushtagiga qadar o'ynadi, ammo gol ura olmadi.

"Nega biz Ronalduni almashtirmadik, "Al-Ittihod" esa Benzemani almashtirdi? Men uchun bu butunlay boshqa vaziyatlar.

Biz hisobda ortda edik va maydonda hujumchi kerak edi. Krishtianu havoda, standart vaziyatlarda juda xavfli", dedi Jesush matbuot anjumanida.