"An-Nasr" yarim himoyachisi Otavio "Al-Qodisiya"ga o'tdi.

30 yoshli braziliyalik yarim himoyachi 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi avvalroq xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "An-Nasr" Otavioni "Portu"dan 60 million evro evaziga sotib olgandi. Bu sotuv Portugaliya klubi uchun rekord bo'lgandi.

Futbolchi o'tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.