"Fenerbaxche" yarim himoyachisi Taliskaning fikricha, Saudiya Arabistoni chempionati MLSdan kuchliroq.

"Saudiya Arabistoni chempionati hech qachon MLSdan kuchsiz bo'lmagan. Messi jamoasi Saudiya Arabistoniga kelib, 0:6 hisobida yutqazgandi. Bu erda taqqoslaydigan hech narsa yo'q.

Messi o'ynaydigan ligada bir vaqtning o'zida ham futbol o'ynaydigan, ham kollejda o'qiydigan futbolchilar bor. Faqat shuning o'zi katta farqni ko'rsatib turibdi," - dedi Krishtianu Ronaldu bilan "An-Nasr"da birga o'ynagan Taliska.

Bu intervyuda futbolchi 2024 yil fevral oyida "An-Nasr" "Inter Mayami"ni 6:0 hisobida mag'lub etgan o'rtoqlik o'yini haqida gapirgan.