“An-Nasr” portugaliyalik futbolchi bilan xayrlashadi

“An-Nasr” tez orada yarim himoyachisi Otavio Edmilson bilan xayrlashadi.
Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi faoliyatini "Al-Qadisiya"da davom ettiradi.
Saudiya klublari transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi. Otavio yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Bitim summasi hozircha oshkor etilmagan. Otavio 2023 yilda "Portu"dan 60 million evroga sotib olingandi.