"An-Nasr" so'nggi 5 o'yinda ilk bor g'alaba qozondi.

Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan jamoa Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turida "Ash-Shabab"ni mag'lub etdi (3:2).

"An-Nasr" 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Al-Ahli"da ham shuncha ochko bor. "Al-Hilol" 38 ochko va bitta zaxira o'yini bilan peshqadamlik qilmoqda.

Keyingi turda "An-Nasr" safarda "Damak" mehmoni bo'ladi. O'yin 21 yanvar kuni bo'lib o'tadi.