Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi darvozaboni Bento faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik golkiper "Jenoa"ga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga o'tadi. Genuyaliklar futbolchini mavsum yakunida 9 million evroga sotib olishi mumkin.

Bento joriy mavsumda jami 10 ta o'yinda 7 ta gol o'tkazib yubordi va 5 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.