"An-Nasr" braziliyalik futbolchi transferi uchun 35 million evro taklif qilmoqda

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Zenit"ning braziliyalik yarim himoyachisi Jerson Santosni sotib olishni maqsad qilgan.
Insayder Ekrem Konurning yozishicha, portugaliyalik mashhur goleador Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan "An-Nasr" Jerson uchun "Zenit"ga taxminan 30-35 million evro to'lashga tayyor. "Ko'k-oq-ko'klar" o'z futbolchisi uchun aynan shuncha pul so'ramoqda. Xavbekka Braziliyaning "Palmeyras" klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo Saudiya Arabistoni jamoasi moliyaviy tomondan qulayroq shartlarni taklif qilmoqda.
O'tgan yozda "Zenit" Jersonni "Flamengo"dan 25 mln evroga sotib olgandi. "Ko'k-oq-ko'klar" tarkibida u ettita o'yinda bitta gol urdi.