Sofyan Amrabat "Fenerbaxche"dan ijara asosida "Betis"ga o'tdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, bitimda sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan. 29 yoshli yarim himoyachining o'zi "Betis"ga o'tishni talab qilgandi.

O'tgan mavsumda Amrabat Turkiya chempionatida 26 ta o'yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.