Amorimning so'zlariga qaramay, Maynu hamon "Manchester Yunayted"dan ketishni istamoqda

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu klubdagi kelajagi borasida o'z pozitsiyasini o'zgartirmadi. Payshanba kuni ma'lum bo'lishicha, 20 yoshli futbolchi mavsum oxiriga qadar ijaraga ketib, asosiy tarkibda muntazam o'ynashni va 2026 yilda Angliya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga borishni rejalashtirmoqda. "Qizil iblislar" xavbekni qo'yib yubormoqchi emas va jamoa etakchisi Ruben Amorim ham joriy mavsumda unga umid qilayotganini ma'lum qildi.
Murabbiyning so'zlariga qaramay, Maynu o'z niyatidan qaytmadi - u hamon ijaraga ketishni istamoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Futbolchi yana klubga murojaat qilib, may oyigacha boshqa jamoaga qo'yib yuborishni so'radi.